
"Gubernator kubogi": To‘rt bokschimiz oltin medal sohibi bo‘ldi
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boks búyicha "Gubernator kubogi" musobaqasi yakuglandi.
Musobaqada Rossiya, O‘zbekiston, Belarusiya, Kuba, Ukraina, Bolgariya, Armaniston, Moldova, Ruminiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi davlatlarda kelgan charm qo‘lqop ustalari g‘olibilik uchun kuch sinashdi.
Turnirda - 56 kgda Miraziz Mirzahalilov, -75 kgda Isroil Madrimov va -81 kgda Bektemir Meliqo‘ziev, +91kgda Bahodir Jalolov barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Finalga qadar janglarda zafar quchgan Hasanboy Do‘smatov, Shahobiddin Zoirov, Shunqor Abdurasulov kabi bokschilarimiz musobaqaning kumush medaliga sazovor bo‘ldi. Sanjar Tursunov, Iqboljon Xoldorov va Jasurbek Latipov o‘z vazn toifalaridan bronza medal bilan taqdirlandi.
Shu tarqa "Gubernator kubogi"da O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari to‘rt oltin va uchtadan kumush hamda bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Fikrlar