Gvardiola kelajakda A Seriya klubida ishlashi mumkinligini aytdi

  • 15.10.2018 10:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola kelajakda Italiya A Seriyasida ishlashga qarshi emasligini bildirdi.

“Bir paytlar meni Germaniya chempionatida ishlashim mumkinligi haqida gapirishdi, oradan hech qancha vaqt o‘tmay Bundesligaga yo‘l oldim. Shu bois Italiya varianti ham men uchun haqiqatga yaqin. Bu buyuk futbol mamlakati. Italiya klublari va terma jamoasi ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan, ayniqsa Arrigo Sakki davrida”, - deydi Gvardiola.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Gvardiola “Barselona” va “Bavariya” kabi grand klublarni boshqargan. E’tiborlisi, ularning har ikkalasi bilan ham chempionlikni qo‘lga kiritgan. O‘tgan mavsum esa “Manchester Siti” bilan Angliya chempionligiga sazovor bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!