
Hamdamovsiz o‘ynagan "Anji" safarda yirik mag‘lubiyatga uchradi (video)
Avval xabar berganimizdek hamyurtimiz Dostonbek Hamdamov to‘p suradigan "Anji" klubi premer-liganing 2-turida "Ufa" mehmoni bo‘ldi. Moliyaviy qiyinchiliklar tufayli safar o‘yiniga arang mablag‘ topgan maxachqalaliklar 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lishdi. Hamdamov uchrashuv qaydnomasidan o‘rin olmadi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhi hamda kiritilgan gollarni tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar