
"Hamdo‘stlik kubogi-2018" g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimidan fotoreportaj
Avval xabar qilganimizdek, joriy yilning 2-6 noyabr kunlari "Bunyodkor" akademiyasining 5-o‘quv-mashg‘ulot maydonida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Toshkent shahar "Spartak" futbol klubi bilan hamkorlikda 2004-2005 yillarda tavallud topgan bolalar o‘rtasida "Hamdo‘stlik kubogi" Xalqaro turnirini o‘tkazdi. Turnirda 12 ta jamoa ishtirok etdi. Musobaqalarda hamyurtlarimiz bilan birga Rossiya, Tojikiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan kelgan yosh futbolchilar tengdoshlari bilan mahorat bobida bellashdilar.
Turnir yakuniga ko‘ra:
1-o‘rin - "Spartak",
2-o‘rin - "Paxtakor",
3-o‘rin - "Bunyodkor"
klubi yosh futbolchilariga nasib etdi.
Fikrlar