Hasanboy Do‘smatov oltin medal tomon ilk qadamni tashladi
O‘zbekiston boks terma jamoasining Boks bo‘yicha Osiyo chempionatidagi muvaffiqayatli yurishi davom etadi. 49 kilogrammgacha bo‘lgan vaznda ringga chiqqan hamyurtimiz Hasanboy Do‘smatov chempionatdagi yurishini g‘alaba bilan boshladi.
Uch raund davom etgan bahsda terma jamoamiz vakili Shri Lankadan tashrif buyurgan Tivanka Pallehani mutloq ustunlik bilan mag‘lub etdi.
SPORTS.uz Axborot Portali muxbirlari Boks bo‘yicha Osiyo chempionatida qayd etilayotgan natijalarni tezkorlik bilan taqdim etish maqsadida O‘zbekiston Sport Majmuasida ish olib borishmoqda.
SPORTS.uz Axborot Portalidan uzoqlashmang.

Fikrlar