
Hindistonlik Sunil Messidan o‘zib ketdi
Hindiston terma jamoasi hujumchisi Sunil Chetri guruh bosqichining 1-turida Tailand (4:1) darvozasini ikki bor aniq nishonga oldi.
E’tiborlisi, terma jamoa safida 105ta o‘yinda maydonga tushgan Sunil o‘z hisobidagi gollari sonini 67taga etkazib oldi. Qizig‘i, terma jamoasi safida gol urish bo‘yicha argentinalik futbol yulduzi Lionel Messini (65) ortda qoldirdi.
Ma’lumot uchun, ayni damda terma jamoa safida eng ko‘p gol urgan futbolchi bu eronlik Ali Daei hisoblanadi. U 1993-2006 yillarda Eron termasi safida jami 109ta gol kiritishga erishgan. Ikkinchi o‘rin esa Krishtianu Ronalduga tegishli. Portugaliya terma jamoasi etakchisi hisobida jami 85ta gol mavjud.
Fikrlar