Ibragimovich: Imkon qadar uzoqroq futbol o‘ynamoqchiman

  • 24 avgust, 2018, 11:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Los-Andjeles Gelaksi" klubi hujumchisi Zlatan Ibragimovich ayni damda o‘zini qanday his qilayotgani va kelajak faoliyati haqida gapirib o‘tdi.

Tecno

“Menda jarohat bor edi. Lekin men gol urib, muxlislarni yaxshi holatda ekanimga ishontira oldim. Buning uchun menga MLSda 2 daqiqa kifoya qildi.

Hozir o‘zimni yaxshi his qilyapman va AQShda ekanimdan baxtliman. Menga jamoadoshlarim, atrofimdagi insonlar va Los-Anjeles shahri juda yoqadi. Men ularning barchasiga yordam berishni xohlayman va ular ham mening bu erda bo‘lib turganimdan foydalanib rohatlanishlari kerak.

Men imkon qadar uzoqroq futbol o‘ynamoqchiman. Hamma jarohatimdan so‘ng meni etarli darajada o‘ynay olmasligimni aytgandi. Lekin men hozir bu erdaman va o‘zimni ajoyib his qilyapman”, - deydi shvetsiyalik futbolchi.

Ma’lumot uchun, Ibragimovich MLSning so‘nggi 11ta o‘yinida 12ta gol kiritishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!