
Ibragimovich Keynga "Tottenxem"dan ketishni maslahat berdi
Shvetsiyalik mashhur hujumchi Zlatan Ibragimovich “Tottenxem” forvardi Xarri Keynga jamoadan ketishni maslahat berdi.
“Xarri katta yutuqlarni qo‘lga kiritishi mumkin, lekin buning uchun unga qadam tashlash kerak. Futbolchilarni nimadir qo‘lga kiritganida eslashadi. Agar Keyn sovrin yutmoqchi bo‘ls, u holda jamoasini o‘zgartirishi kerak. “Tottenxem” ajoyib tarkibga ega, ammo ushbu jamoa yaxshi murabbiy bilan ham barchani yuta oladigan darajada emas”, - deydi Ibragimovich.
Ma’lumot uchun, Keyn joriy mavsum APLda 24ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 15ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar