Ibragimovich "Milan"ga qaytishga yaqin turibdi

  • 14 noyabr, 2018, 20:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

AQShning "Los-Anjeles Gelaksi" klubi forvardi Zlatan Ibragimovich tez orada "Milan"ga qaytadi. Bu haqda Football Italia nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 37 yoshli shvetsiyalik futbolchi “rossonerilar” safiga qaytishga tayyor va buning uchun faqatiga milanliklardan yiliga 4 mln evro maosh so‘ramoqda. Bundan tashqari tomonlar shartnoma muddati borasida ham kelishuvga erishishlari lozim.

Ma’lumotlarga qaraganda “Milan” Ibragimovichga keyinchalik bir yilga uzaytirish ehtimoli bilan 6 oylik shartnoma taklif qilmoqda. Ammo, futbolchi birdaniga 1,5 yillik shartnoma imzolashni xohlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ibragimovich 2010-2012 yillarda “Milan”da to‘p surgan va 85ta o‘yinda maydonga tushib raqiblari darvozasiga 56ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!