Ibragimovich faoliyatini tugatmoqchi emas
“Manchester Yunayted” klubi hujumchisi Zlatan Ibragimovich tizzasidan olgan jarohati sababli faoliyatini tugatishni rejalashtirayotgani yo‘q.
– Qo‘llab-quvvatlab turgani uchun barcha raxmat. Jarohat olganim va bir qancha vaqt maydonga tusha olmasligim aniq. Buni engaman va kuchliroq bo‘lib qaytaman. Faoliyatimni tugatish bu men uchun variant emas. Tez orada uchrashamiz, – deb yozadi shvetsiyalik futbolchi instagram sahifasida.

Fikrlar