Ibragimovich qishda "Milan"ga kelishi mumkin, faqat...

  • 04.11.2018 17:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

AQShning "Los-Anjeles Gelaksi" klubi forvardi Zlatan Ibragimovich qishda "Milan"ga qaytishi mumkin.

Football Italia nashri tarqatgan xabarga qaraganda “rossonerilar” 37 yoshli shvetsiyalik futbolchi bilan mavsum yakuniga qadar shartnoma imzolashmoqchi. Ammo, Zlatan milanliklardan kamida 1,5 yillik shartnoma talab qilmoqda.

Bundan tashqari “Milan” Ibragimovichning MLSda olayotgan 4 million evro maoshini to‘lay oladimi yoki yo‘q, bu ham so‘roq ostida turibdi.

Ma’lumot uchun, Ibragimovich “Milan” safida 2010-2012 yillarda to‘p surgan. U joriy mavsum MLSda jami 27ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 22ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!