
Iguain A Seriyadagi 706 daqiqalik golsiz seriyasiga barham berdi
Avval xabar berganimizdek kecha “Yuventus” A Seriyaning navbatdagi turida “Kevo” mehmoni bo‘ldi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
E’tiborlisi, o‘yindagi gollarning biriga Gonsalo Iguain mualliflik qildi va shu tariqa o‘zining A Seriyadagi 706 daqiqalik golsiz seriyasiga barham berdi.
Eslatib o‘tish lozimki, 30 yoshli argentinalik futbolchi so‘nggi marta o‘tgan yilning 1 dekabr kuni “Napoli”ga (1:0) qarshi bahsda gol urgan edi.
Ma’lumot uchun, Iguain joriy mavsum A Seriyada jami 21ta uchrashuvda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 10ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar