
Iguain: Ingliz jamoalari himoyasida doimo teshiklar bo‘lib kelgan
Turinning “Yuventus” klubi forvardi Gonsalo Iguain kecha "Tottenxem" (2:1) ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Bugun judayam og‘ir uchrashuv bo‘ldi. Chunki, “Tottenxem” kabi jamoalar bor kuchi bilan hujumga o‘tishadi va juda tajovuzkorona o‘yin namoyish etishadi. Lekin biz ingliz klublari himoyasida doim teshiklar bo‘lishini bilgan edik va aynan mana shu narsa yakunda bizga g‘alaba keltirdi”, - deydi argentinalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, turinliklar ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 4:3 hisobida “Tottenxem”dan ustun kelishdi va musobaqaning chorak finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.
Fikrlar