
Iguain hammadan kechirim so‘radi
“Milan” klubi hujumchisi Gonsalo Iguain “Yuventus”ga qarshi Italiya chempionati 12-tur uchrashuvdagi xatti-harakatlari uchun muxlislar, jamoadoshlari va hakamlardan kechirim so‘radi.
Argentinalik futbolchi 83-daqiqada bosh hakamni xaqorat qilgani uchun qizil kartochka loyiq topildi.
– Futbolchilar, murabbiylar, muxlislar va hakamlardan kechirim so‘rayman, – deya Iguainning so‘zlarini keltiradi Sky Italia nashri. – Bu vaqtda hakamlar hissiyotlarni tushuna olishi kerak. Men bunday qilishim kerak emasdi, shuning uchun uzr so‘rayman. Bu sariq kartochkaga loyiq vaziyat edi, o‘zimni tutib tura olmaganim uchun uzr. Bu voqea bo‘yicha barcha javobgarlikni o‘z bo‘ynimga olaman.
– Sobiq jamoangga qarshi o‘ynar ekansan, o‘zingni boshqacha his qilasan. Biz odamlarda hissiyot bor.
Eslatib o‘tamiz, "Milan" - "Yuventus" bahsida turinliklar Manjukich va Ronalduning gollari evaziga g‘alaba qozondi.
Fikrlar