Iguain mavsumni "Chelsi"da yakunlashi mumkin
Londonning "Chelsi" klubi "Milan" forvardi Gonsalo Iguainga jiddiy qiziqib qoldi. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “aristokratlar” 30 yoshli argentinalik futbolchini yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar chog‘idayoq o‘z safiga qo‘shib olishmoqchi. O‘z navbatida u ham premer-ligaga ko‘chib o‘tishga qarshi emas.
Eslatib o‘tamiz, “rossonerilar” Iguainni o‘tgan yoz “Yuventus”dan keyinchalik 36 mln evroga sotib olish huquqi bilan 18 mln evroga ijaraga olgan edi. Biroq, milanliklar hozirda moliyaviy qiyinchiliklar sabab ushbu transferdan voz kechishlari mumkin.
Ma’lumot uchun, Iguain joriy mavsum “Milan” safida jami 13ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 7ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar