Ikki adash finalda bellashadi
Doxa shahrida davom etayotgan ayollar o‘rtasidagi "WTA - Qatar Total Open - 2017" xalqaro turnirida finalga chiqqan tennischilar nomi aniqlandi.
Yarim final uchrashuvlarida birida ikkinchi raqamda saralangan chaxiyalik Karolina Plishkova slovakiyalik raqibasi Dominika Tsibulkova ustidan 6:4, 4:6, 6:3 hisobida zafpr quchdi.
Ikkinchi yarim final bahsida Olimpiya o‘yinlari g‘olabasi puerto-rikolik Monika Piug daniyalik Karolina Voznyatskiga hech qanday qarshilik qilolmadi - 1:6, 2:6.

Bugun bo‘ladigan final bahsida ikki adash - Karolina Voznyatski va Karolina Plishkova bosh sovrin uchun raqobatlashadi.

Fikrlar