Inesta xalqaro faoliyatini yakunlagach nimalar dedi?

  • 2 iyul, 2018, 12:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Andres Inesta xalqaro faoliyatini yakunlagani haqida e’lon qildi.

Tecno

“Faoliyatimdagi eng ajoyib davr yakuniga etib bormoqda. Bu chindan ham mening terma jamoadagi so‘nggi o‘yinim edi. Albatta biz futbolchilar ham huddi muxlislar singari barchasi ijobiy yakun topishini istagan edik, ammo futbolda barcha narsa ham istaganingizdek bo‘lavermaydi. Men Ispaniya terma jamoasidagi faoliyatimni biroz yoqimsiz vaziyatda yakunlayapman, ammo ba’zan shunaqasi ham uchrab turadi. Lekin terma jamoaning kelajagi porloq ekaniga ishonaman. Bu tarkib ko‘p narsaga qodir”, - deydi Inesta.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya terma jamoasi kecha JCh-2018ning 1/8 finalida Rossiyaga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berib musobaqani tark etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!