
Infantino terma jamoalar ishtirokida yangi musobaqaga asos solmoqchi
FIFA prezidenti Janni Infantino terma jamoalar uchun yangi musobaqa tashkil etish g‘oyasi bilan chiqdi. Bu haqdi AS nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra yangi tashkillashtiriladigan musobaqa har ikki yilda bir o‘tkaziladi va unda 8ta terma jamoa ishtirok etadi. Biroq, Final 8 deb nomlanayotgan ushbu turnirda qatnashuvchi terma jamoalar qaysi kriteriyalar bo‘yicha saralab olinishi no’malum.
Xabarlarga qaraganda ushbu musobaqaning debyuti 2021 yilga to‘g‘ri kelishi mumkin.
Fikrlar