"Inter" "Barselona"ga qarshi o‘yin uchun 73,5 ming chipta sotdi va rekord o‘rnatdi
Xabaringiz bor bugun “Inter” Chempionlar Ligasi guruh bosqich 4-turida “Barselona”ni qabul qiladi.
La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “neradzurrilar” “San-Siro”da bo‘ladigan o‘yin uchun jami 73,5 ming chipta sotishga muvaffaq bo‘ldi va umumiy hisobda 5,8 million evro daromad ko‘rdi. E’tiborlisi, bu Italiya futbolidagi chipta sotuvidan daromad ko‘rish bo‘yicha yangi rekordga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, “Inter” – “Barselona” uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi.

Fikrlar