"Inter" yana Mourinoni ortga qaytarmoqchi

  • 16.12.2018 17:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Joze Mourino faoliyatida ikkinchi bor “Inter”ni boshqarishi mumkin.

Daily Express tarqatgan xabarga ko‘ra “neradzurrilar” mavsum yakunlangach yana portugaliyalik mutaxassisni o‘z safiga qaytarishmoqchi. O‘z navbatida Mourinoning ham Angliyadagi ishlari yaxshi emasligini inobatga olsak, uning “Inter”ga qaytish ehtimollari mavjud.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Real” prezidenti Florentino Peres ham Mourinoni jamoasiga qaytarmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, “Inter” 2008-2010 yillarda boshqargan va ularga A Seriya hamda EChL chempionligini taqdim etgan. So‘ngra 2010-2013 yillarda “Real”ni boshqardi va Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!