International Champions Cup. "Bavariya" gollar shousida "Manchester Siti"ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi

  • 29 iyul, 2018, 11:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor shu kunlarda dunyoning ko‘plab yirik shaharlarida Evropaning grand klublari yangi mavsum oldidan tashkil etiladigan an’anaviy International Champions Cup tijoriy turnirida ishtirok etishmoqda.

Tecno

Bundan biroz avval AQShning Mayami shahridari "Xard Rok-stedium"da musobaqa doirasidan o‘rin olgan "Bavariya" hamda "Manchester Siti" klublari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga etdi. Gollar shousiga aylanib ketgan o‘yinda omad "shaharliklar"ga kulib boqdi. Yakuniy hisob 2:3.

"Bavariya" - "Manchester Siti" - 2:3

Gollar: Shabani, 15 - 1:0, Robben, 24 - 2:0, B. Silva, 45+1 - 2:1, Nmecha, 51 - 2:2, B. Silva, 70 - 2:3.

"Bavariya": Ulrix, Rafinya (Gnabri, 46), Richards, Alaba, Meyer, Robben, Shabani, Vill (Yoxansson, 75), Koman, Riberi (Zulla, 85), Vagner (Zirkzee, 75).

"Manchester Siti": Bravo, Xamfris, Martret, Lyaport (Gomes, 67), Zinchenko, Bolton (Bernabi, 66), Luis, Foden (Garre, 85), Maxrez (B. Silva, 28), Nmecha, Dias (Xarrison, 67).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!