International Champions Cup. "Milan" - "Barselona" to‘qnashuvi musobaqaga yakun yasab beradi

  • 04.08.2018 18:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor shu kunlarda dunyoning ko‘plab yirik shaharlarida Evropaning grand klublari yangi mavsum oldidan tashkil etiladigan an’anaviy International Champions Cup tijoriy turnirida ishtirok etishmoqda.

Ertaga tongda AQShning Kaliforniya shtatidagi "Levays" stadionida turnir doirasida "Milan" Kataloniyaning "Barselona" klubiga qarshi bahs yuritadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan tongi soat 05:00 da boshlanadi.

Ta’kidlash kerakki, aynan mana shu bahsdan so‘ng bu yilgi International Champions Cup tijoriy turniriga rasman yakun yasaladi.

"Milan" – "Barselona"

Stadion: Stadion: Levays (Santa-Klara)

Boshlanish vaqti: 05:00

Taxminiy tarkiblar:

"Milan":  Reyna, Abate, Musakko, Romanoli, Kalabria, Kesse, Lokatelli, Chalxanoglu, Suso, Kutrone, Borini.

"Barselona": Sillessen, Semedu, Marlon, Lengle, A. Vidal, Saseta, Artur, Rafinya, Serxi Roberto, Munir, Malkom.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!