
International Champions Cup. “Roma” penaltilar seriyasida PSJga mag‘lub bo‘ldi
Ayni damda Evropaning top klublari yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida dunyoning turli hil shaharlarida o‘tkazilayotgan International Champions Cup an’anaviy tijorat turnirida ishtirok etishmoqda.
Bundan bir necha daqiqalar oldin AQShning Detroyt shahrida Rimning “Roma” hamda Frantsiyaning PSJ klublari o‘rtasidagi bahs o‘z yakuniga etdi.
Uchrashuvning asosiy bo‘limi 1:1 hisobida durang bilan tugagach, jamoalar penaltilar seriyasida o‘z omadlarini sinab ko‘rishdi. Yakunda 3:5 hisobida parijliklar g‘alabani tantana qilishdi.
“Roma” Italiya – PSJ Frantsiya – 1:1 (0:1), penaltilar bo‘yicha 3:5.
Gollar: 0:1 – Markinos (36), 1:1 – Umar (60).
«Roma»: Alisson, Bruno Peres, Moreno (Kastan, 46), Manolas (Fasio, 46), Jezus (Sek, 84), Gonalon (de Rossi, 61), Iturbe (Jerson, 46), Strotman (Nainggolan, 46), Lorentso Pellegrini (Tumminello, 46), Perotti (Antonuchchi, 61), Jeko (Umar, 46).
PSJ: Areolya, Dani Alves (Nkunku, 69), Kurzava (Yuri, 72), Markinos, Tiago Silva (Kimpembe, 46), Rabo (Matyuidi, 46), Lukas Moura, Tiago Motta (Kallegari, 69), Lo Chelso (Bernede, 82), Pastore (Gedesh, 69), Xese (Eduar, 82).
Fikrlar