Ispaniya 15 yilda ilk bor uyida yutqazdi. Jamoaning 38 o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriyasi yakunlandi
UEFA Millatlar ligasi 3-turida Ispaniya terma jamoasi o‘z maydonida Angliyani qabul qilib, 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Shu tariqa, “Qizil furiya”ning 38 o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriyasi yakuniga etdi: Jamoa bungacha 34 g‘alaba va 4 durang qayd etgandi.
Bundan tashqari, Ispaniya terma jamoasi 15 yilda ilk bor o‘z maydonidagi rasmiy o‘yinda taslim bo‘ldi. So‘nggi marta ispaniyaliklar 2003 yili Gretsiyaga yutqazgandi.
Fikrlar