Husanov juda yuqori ball oldi

  • 24.08.2026 00:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston milliy jamoasi va «Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanov Angliya Premier-ligasining birinchi turida «Bornmut»ga qarshi o‘yindagi o‘yini uchun yuqori bahoga sazovor bo‘ldi.

«Etihad» stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv «Manchester Siti»ning 2:1 hisobidagi irodali g‘alabasi bilan yakunlandi. 

O‘zbekistonlik futbolchi markaziy himoyachi sifatida asosiy tarkibda maydonga tushdi va butun o‘yinni almashinuvsiz o‘tkazdi.

Statistik ma’lumotlarga ixtisoslashgan Flashscore portali Husanovning o‘yini 8,2 ballga baholadi. 

22 yoshli o‘zbek legioneri 90 ta uzatmaning 87 tasini aniq manziliga yetkazib, 97 foiz aniq pas ko‘rsatkichiga erishdi, shuningdek, to‘pga 97 marta tegindi. 

«Shaharliklar» tarkibida Flashscore tomonidan undan yuqoriroq — 8,5 ballik bahoni faqat g‘alaba goli muallifi Mark Gexi oldi.

Flashscore portali «Manchester Siti» futbolchilariga qo‘ygan umumiy ballar quyidagicha ko‘rinish oldi. 

Donnarumma - 7.4

Lyuvis - 6.0

Husanov - 8.2

Dias - 7.8

Gvardiol - 7.5

Anderson - 7.2

Gexi - 8.5 

Foden - 7.5

O'Reyli - 6.8 

Semenyo - 6.5

Xoland - 7.3

Nunyeş - 6.8

Sherki - 8.0

Kovaçich - 6.5

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!