
Ispaniya Kubogi. Ikkinchi yarim finalda ham durang qayd etildi
Gollarga boy kechgan bellashuvda jamoalar 2:2 hisobidagi durangga imzo chekishdi. Qayd etish kerakki, “Valensiya” 70-daqiqaga qadar 0:2 hisobida ortda borayotgandi va o‘yin yakunida urilgan gol evaziga durangga erishdi.
Qayd etish kerakki, dastlabki yarim final ilk o‘yinida “Barselona” va “Real” 1:1 hisobida durang o‘ynagan edi.
Betis – Valensiya 2:2 (1:0, 1:2)
Gollar: 1:0 – 45 Moron, 2:0 – 54 Sanches, 2:1 – 70 Cherishev, 2:2 – 90 Gameyro.
Betis – Robles, Bartra (Garsiya, 10), Sidney, Firpo (Gerrero, 80), Mandi, Guardado, Sanches, Kanales, Vilyam Karvalyu, Lo Chelso, Moron (Xese, 78).
Valensiya – Domenek, Garay, Gayya, Pichchini, Gabriel, Soler (Vass, 78), Koklen (Kondogbia, 58), Parexo, Cherishev, Rodrigo, Santi Mina (Gameyro, 58).
Ogohlantirishlar: Firpo (15), Rodrigo (52), Soler (65), Parexo (73).
Fikrlar