Ispaniya va Isroilga qarshi bahslar uchun Italiya termasiga chaqirilgan futbolchilar nomi ma’lum

  • 27 avgust, 2017, 09:09
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Jampero Ventura JCh-2018 saralash bosqichidan o‘rin olgan Ispaniya(2 sentyabr) va Isroil(5 sentyabr)ga qarshi bahslar uchun terma jamoaga chaqirilgan futbolchilar nomini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Ventura 25 nafar futbolchini terma jamoaga jalb etganini ko‘rishimiz mumkin. Ular quyidagilar:

Darvozabonlar: Djanluidji Buffon («Yuventus»), Mattia Perin («Djenoa»), Djanluidji Donnarumma («Milan»);

Himoyachilar: Davide Astori («Fiorentina»), Leonardo Spinatstsola («Atalanta»), Danilo D′Ambrozio («Inter»), Matteo Darmian («Manchester Yunayted»), Andrea Konti, Leonardo Bonuchchi (ikkalasi — «Milan»), Daniele Rugani, Andrea Bartsali, Djordjo Kellini (uchchalasi – «Yuventus»);

Yarim himoyachilar: Marko Parolo («Latsio»), Rikkardo Montolivo («Milan»), Federiko Bernardeski («Yuventus»), Lorentso Pellegrini, Daniele De Rossi (ikkalasi — «Roma»), Marko Verratti («PSJ»), Antonio Kandreva («Inter»);

Hujumchilar: Eder («Inter»), Chiro Immobile («Latsio»), Andrea Belotti («Torino»), Manolo Gabbyadini («Sautgempton»), Stefan El-Shaaravi («Roma»), Lorentso Insine («Napoli»).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!