Maxfiy reja ishga tushdi: Endi Husanov Vinisius bilan birga o‘ynaydigan bo‘lyapti

  • 13 avgust, 07:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozgi transferlar davrida Evropaning bir qator grand klublarida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Bu yangiliklar “Liverpul”, “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted”, “Arsenal”, “Real”, “Barselona”, “Bavariya” kabi doim chempionlik va nufuzli sovrinlar uchun kurashadigan klublarning istiqbolli loyihalarini amalga oshirish rejasi asosida yuzaga keldi.

Tecno

Ispaniyaning nufuzli manblaridan hisoblangan fichajes.net sayti “Real”ning bugungi kundagi eng “ishkal” o‘yinchisi Vinisius Junior atrofidagi maxfiy ishlarni oshkor qildi.

Mazkur manba va Indykaila News nashri ma’lumotlariga ko‘ra, “Manchester Siti” Vinisius Juniorni joriy transfer oynasi davrida o‘z safiga qo‘shib olish masalasida muzokara olib bormoqda. Pep Gvardiola “Real”dagi boshqa braziliyalik hujumchi – Rodrigo Goesga ham qiziqayotgan bo‘lsa-la, ispaniyalik mutaxassis uchun Vinisius yanada jozibador nomzod hisoblanadi.

- “Real” bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar muzlatilgani va o‘yinchi kelajagi borasidagi noaniqliklar Vinisiusni boshqa takliflarni o‘rganib chiqishga undayapti. 24 yoshli futbolchi hali Saudiya Arabistoniga yo‘l olmoqchi emas va keyingi manzil Evropaning eng qudratli klublaridan biri bo‘lishi ehtimoli katta.

Vinisius Juniorning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyunda yakunlanadi. Agar shartnoma yangilanmasa, u kelasi mavsum arzonroq narxda va undan keyingisida erkin agent sifatida boshqa klubga ketishi mumkin. Bu esa “Real” uchun moliyaviy yo‘qotishdir.

Futbolchiga yaqin manbalarning ta’kidlashicha, madridliklarning taklifi Vinisiusning moliyaviy va sport nuqtai nazaridan talablariga javob bermayapti. Shu boisdan iqtisodiy jihatdan baquvvat bo‘lgan Angliya Premer-ligasi klublari uning vaziyatini diqqat bilan kuzatmoqda.

Xosep Gvardiola ongli ravishda “Manchester Siti” tarkibini qisqartiryapti. Klubni tark etayotgan bir necha o‘yinchi o‘rniga Vinisius Juniorni olib kelish klubning feyr-pley qoidalaridan chetga chiqmasligini ta’minlashi mumkin.

O‘tgan mavsumda Vinisius Junior 22 ta gol va 19 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.  Ammo u Mbappe bilan maydonda o‘zaro yakdil harakat qila olmayapti. Bu esa jamoa hujumi moslashuvchanligiga salbiy ta’sir qilyapti. Mutaxassislar fikricha, Vinining asosiy muammosi qaror qabul qilishdagi beqarorlik va muhim vaziyatlarda noto‘g‘ri harakat qilish bo‘lgan.

Yangi bosh murabbiy Xabi Alonso ham, agar yaxshi taklif kelsa, uning ketishiga qarshi emas. Bu esa jamoaning yarim himoyasi va hujumiga investitsiya kiritish imkonini beradi.

“Manchester Siti” qiziqishi faqat Vinisius bilan cheklanmaydi. “Shaharliklar” Rodrigo vaziyatini ham diqqat bilan o‘rganmoqda. Ammo Vinisius jamoaning Premer-ligada etakchi o‘rinni saqlab qolishi va Chempionlar Ligasi uchun kurashishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Agar “Real” Vinisiusni sotsa, bu jamoa uchun katta yo‘qotish bo‘lishi tabiiy. Lekin bu transfer klubga rekord darajada mablag‘ olib keladi va Xabi Alonsoga jamoani qayta qurishda ancha dastak bo‘ladi.

Xulosa qilib aytganda, Vinisius Juniorning “Manchester Siti”ga o‘tishi transfer bozorida haqiqiy portlash bo‘ladi. Bu nafaqat “Real”ning qayta qurilishi, balki Evropa futbol bozoridagi holatga ham ta’sir qiladi, - deb yozmoqda fichajes.net sayti.

Ta’kidlash joizki, “Manchester Siti” yil boshida jamoaga Abduqodir Husanovni olib kelish bilan tarkibda avlodlar almashinuvi jarayonini boshlab yubordi. Hozirgacha, o‘n nafarga yaqin mahoratli yangi ijrochilar keldi.

Agar Xosep Gvardiolaning rejasi amalga oshib, Rodrigo yoki Vinisiusni qo‘lga kirita olsa, o‘tgan yili Evropa Chempionlar ligasida braziliyalik yulduzlarga qarshi o‘ynagan Abduqodir Husanov keyinchalik ular bilan bir jamoa libosida maydonga tushish imkoniga ega bo‘ladi.

Husanov Gari Nevill tanqidiga javob bera boshladi!
“Bashakshehir” nega Fayzullaev transferi uchun TsSKAga pul to‘lamayapti?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!