“Barsa”da yana janjal: bir yulduz ikkinchisini sotishni talab qilyapti

  • 13 avgust, 07:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati asosiy darvozabon Mark-Andre ter Shtegen muammosini hal qilishi bilan jamoada yangi ziddiyat kelib chiqdi.

Tecno

Ispaniyaning Sport nashri m’lum qilishicha, jamoaning ikki yulduzi – Gavi va Fermin Lopes o‘rtasida kelishmovchilik kuchayib bormoqda.

Manbaga ko‘ra, ikki yarim himoyachi o‘rtasidagi munosabat ularning sevgililari orasidagi kelishmovchilik tufayli avjiga chiqdi. Buning ortidan futbolchilar ham chegarada o‘ta boshladi.

Yaqinda Gavi 21 yoshga to‘lganida Fermin Lopes uni tabriklamadi. Buni noto‘g‘ri qabul qilgan Gavi klub prezidenti Joan Laportaning maslahatchilaridan biriga  murojaat qilib, muhitni buzayotgani uchun Lopesni transferga qo‘yishga chaqirgan.

Fermin Lopes esa, atrofida bo‘layotgan vaziyatni ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali omma e’tiboriga havola qildi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!