Iste’dodli bokschi Elnur Abduraimovni tabriklaymiz!

  • 10.06.2017 08:00
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Elnur Abduraimov tug‘ilgan kunini nishonlamoqda.

 

Elnur 1994 yilning 10 iyun kuni tug‘ilgan. Bokschimiz yosh bo‘lishiga qaramay, yuqori natijalarni qayd etib kelmoqda. U mamlakatimidan tashqari, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Rossiya, Ukraina, Latviya kabi qator davlatlar tashkil etilgan xalqaro turnirlarda shohsupaga ko‘tarildi.

2015 yili Tailandda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida uchinchi o‘rinni egalladi. Shu yilning o‘zida Qatarda o‘tkazilgan jahon chempionatida ham bronza medal va Rio olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Bu yil Toshkentda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. Shuningdek, "Uzbek tigers" jamoasi tarkibida qator g‘alabalari bilan muxlislarni xushnud etmoqda.

Ayni paytda Germaniyada bo‘ladigan jahon chempionatiga hozirlik ko‘rayotgan Elnur Abduraimovga ulkan g‘alabalar tilaymiz!

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!