
Italiya 35 yillik antirekordni takrorladi
Uchrashuvdagi yagona golga Andre Silva mualliflik qildi. Shu tariqa, Roberto Manchini boshqaruvidagi Italiya termasining rasmiy o‘yinlardagi ketma-ket g‘alabasiz uchrashuvlari soni 4 taga etdi. Bunday hodisa so‘nggi bor bundan 35 yil oldin sodir bo‘lgan edi.
Italiya oxirgi 9 o‘yinning faqat birida g‘alaba qozondi xolos. O‘shanda ham Saudiya Arabistoni mag‘lub etilgan edi - 2:1. Qolgan 4 ta o‘yinda durang, yana shunchasida mag‘lubiyat qayd etilgan.
Fikrlar