Italiya terma jamoasi Ukraina va Polshaga qarshi turli hil tarkiblarda o‘ynashi mumkin

  • 9 oktabr, 2018, 12:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini yaqinlashib kelayotgan Ukraina va Polshaga qarshi o‘yinlarda turli hil tarkibdan foydalanmoqchi.

Tecno

“Bundan bir oy avval ushbu uchrashuvlarda ikki hil tarkibdan foydalanishni rejalashtirib olgandim. Sentyabr oyida Italiya terma jamoasi futbolchilari hali o‘z darajasida emas edilar. Bo‘lajak ikki o‘yin orasida esa bor yo‘g‘i 72 soat farq bor.

Bundan tashqari jarohatlardan saqlanishni xohlayman. Hozir futbolchilar o‘z formalarini ancha yig‘ib olishgan va ishonamanki 4 kun ichida 2ta o‘yinda ishtirok etadiganlar ham topiladi”, - deydi tajribali mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, Italiya terma jamoasi oktyabr oyida dastlab Ukraina (10 oktyabr), so‘ngra Polshaga (14 oktyabr) qarshi bahs yuritadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!