
JCh-2018: Angliya Shvetsiya to‘sig‘idan o‘tib, yarim finalchiga aylandi
Rossiya yashil maydonlari davom etayotgan JCh-2018 turnirining yana bir chorak final uchrashuvi yakuniga etdi. Unda Shvetsiya terma jamoasi Angliya termasi bilan kuch sinashdi.
Qiziqarli kechgan uchrashuvning birinchi bo‘limida Maguayr inglizlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Delli Alli hisobni mustahkamladi. 2:0.
Bu hisob o‘yin so‘nggiga qadar o‘zgarmadi va Angliya termasi 2006 yildan beri ilk marta chorak final bosqichidan o‘tishning uddasidan chiqdi.
Shvetsiya – Angliya 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 30 Maguayr, 0:2 – 58 Alli.
Shvetsiya: Olsen, Lindelef, Augustinsson, Kraft (Yansson, 85), Grankvist, Larsson, Klasson, Ekdal, Forsberg (Olsson, 65), Toyvonen (Gvidetti, 65), Berg.
Angliya: Pikford, Uoker, Stounz, Yang, Maguayr, Alli (Delf, 77), Lingard, Sterling (Reshford 90+1), Xenderson (Dayer, 85), Tripper, Keyn.
Ogohlantirish: Larsson 90+3 - Maguayr 87
Fikrlar