JCh-2018da kumush medallarni qo‘lga kiritgan xorvatiyalik futbolchilarga o‘z yurtlarida qancha mukofot puli beriladi?

  • 16 iyul, 2018, 11:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Kecha “Lujniki”da bo‘lib o‘tgan JCh-2018 finalida Frantsiyaga imkoniyatni boy berib, kumush medallarni qo‘lga kiritgan Xorvatiya terma jamoasi futbolchilarini o‘z yurtlarida ham mukofot kutib turibdi.

Novac nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Xorvatiya hukumati o‘z qahramonlarining har biriga 9,5 ming evrodan mukofot puli topshiradi. Bosh murabbiyi Zlatko Dalich esa 8 ming evro, murabbiylik shtabining qolgan a’zolari hamda delegatsiya a’zolariga 13 ming evro beriladi.

Ma’lumot uchun, mukofot pullari to‘g‘risidagi ushbu qaror 2017 yilning 21 dekabr kuni qabul qilingan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!