JCh–2018. Angliya Keyn xet-trigi evaziga Panamani yirik hisobda taslim qildi

  • 24 iyun, 2018, 18:51
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

JCh–2018 turniri G guruhi 2-turidan o‘rin olgan Angliya va Panama terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z yakuniga etdi.

Qiziqarli kechgan bellashuvda angliyaliklar 6:1 hisobida zafar quchishdi. Mazkur bellashuvda Xarri Keyn xet-trik qayd etgan bo‘lsa, himoyachi Jon Stounz dubl muallifiga aylandi. Yana bitta golni Jessi Lingard kiritdi.

Panama tarkibida Filipe Baloy bitta javob golini urdi. Aynan mana shu gol Panama uchun JCh tarixidagi ilk gol sifatida qayd etildi.

Shu tariqa Angliya terma jamoasi muddatidan avval JCh–2018 pley-off bosqichiga chiqdi. So‘nggi turda Angliya termasi Belgiya bilan guruhdagi birinchi o‘rin uchun kurashadi. 

JCh–2018 turniri
G guruhi, 2-tur
24 iyun, yakshanba

Angliya – Panama 6:1 (5:0, 1:1)

Gollar: Jon Stounz (8, 40), Xarri Keyn (22-pen, 45-pen, 62), Jessi Lingard (36) – Filipe Baloy (78)

Ogohlantirishlar: Loftus-Chik (23) – Armando Kuper (10), Fidel Eskobar (45), Mikael Murilo (72)

Angliya: Pikford, Uolker, Stounz, Maguayr, Trippier (Rouz, 70), Yang, Lingard (Delf 63), Xenderson, Loftus-Chik, Keyn (Vardi, 63), Sterling.

Panama: Penedo, Murilo, Eskobar, R.Torres, Devis, Gomes (Baloy, 69), Barkenas (Arroyo, 69), Kuper, Godoy (Avila, 62), J.Rodriges, Peres.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!