
Jeko bu mavsum u qadar ko‘p gol ura olmasligi sababini aytdi
Italiyaning “Roma” klubi hujumchisi Edin Jekoning so‘zlariga ko‘ra rimliklar bu mavsum umuman boshqacha o‘yin ko‘rsatishmoqda. Bosniyalik futbolchining fikricha “bo‘rilar”ga bu mavsum Franchesko Totti hamda Muhammad Salax kabi futbolchilar etishmayapti.
“O‘tgan mavsum men juda ko‘p gol urdim. Biroq, bu mavsum ushbu natijani takrorlashim biroz qiyin. Chunki, “Roma”ga Totti etishmayapti, qolaversa biz Salaxning ortga qaytishini ham istardik. Endi, jamoa umuman boshqacha usulda o‘ynamoqda”, - deydi Jeko Calciomercato nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Totti mavsum yakunlangach futbolchilik faoliyatini yakunlagan bo‘lsa, Salax “Liverpul”ga ko‘chib o‘tdi.
Fikrlar