Jeparovning ishlari yaxshi emas
Hamyurtimiz Server Jeparov faoliyat olib boradigan "Jetisu" klubi safarda "Aktobe" bilan kuch sinashdi. Gollarga boy tarzda kechgan bellashuv mehmonlarning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topdi.
Hamyurtimiz esa bu tur ham zaxirada qoldi. Qayd etish joiz, yangi jamoasida xali debyut qilmagan Jeparov o‘tgan tur ham zaxirada qolgan edi.
Qozg‘iston Premer-ligasi. 24-tur
"Aktobe" - "Jetisu" 2:3.
Fikrlar