Jerrard fahriy unvon bilan taqdirlanadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Liverpul” klubining sobiq sardori Stiven Jerrard futbolda va ijtimoiy hayotda qo‘shgan hissasi uchun Liverpul shahri fahriy fuqarosi unvoni bilan taqdirlanadi. Daily Mail nashrining ma’lum qilishicha bu shaharning eng oliy unvoni hisoblanadi. Ta’kidlash kerakki, Jerrardning nomzodini shaxsan shahar meri Jo Anderson tavsiya qilgan.

“Mer meni bu unvonga loyiq deb topganini eshitib hayratga tushdim. Men buni so‘z bilan ifodalab berolmayman. Liverpul men uchun huddi ona shahrimdek. Bundan fahrlanaman”, - deydi Jerrard.

Mukofot Stivenga 18 yanvar kuni Liverpul shahar kengashi yig‘ilishida tantanali ravishda topshiriladi.

Ma’lumot uchun, Jerard mersisaydliklar safida 1998 yildan 2015 yilga qadar to‘p surgan. U o‘tgan davr mobaynida 690ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 180ta gol hamda 100ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Eslatib o‘tamiz, afsonaviy futbolchi o‘tgan yili 37 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunlagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!