
Jon Terri Xitoy chempionatida to‘p surishi mumkin
“Chelsi” klubining tajribali himoyachisi Jon Terri yozda Angliyani tark etishi mumkin. Daily Mirror nashrining xabar berishicha, Xitoyning “Shanxay SIPG” jamoasi 36 yoshli futbolchining hizmatlariga qiziqish bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval ushbu jamoani portugaliyalik mutahassis Andre Villash-Boash o‘z boshqaruviga olgan edi. Ushbu murabbiy o‘z vaqtida Jon Terri bilan birga “Chelsi”da faoliyat yuritgan.
Ma’lumot uchun, 36 yoshli futbolchi ushbu mavsum jami 7ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning “aristokratlar” bilan amaldagi shartnomasi 2017 yilning yozida o‘z yakuniga etadi.
Fikrlar