Jorjo Kellini: "Atletiko"ga qarshi javob o‘yini oson bo‘lmaydi, biz tavakkal qilamiz

  • 21 fevral, 2019, 11:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning "Yuventus" klubi himoyachisi Jorjo Kellini kecha Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan "Atletiko"ga (0:2) qarshi bahsda uchralgan mag‘lubiyat haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

Tecno

“O‘yin natijasini ba’zan mayda detallar hal qilishi mumkin. Biz raqib jamoa standart vaziyatlarda xavfli ekanini bilgandik. Shu bois yanada e’tiborliroq bo‘lishimiz kerak edi.

Endi biz javob bahsida o‘z o‘yinimizni o‘zgartirib, vaziyatdan chiqib ketishga harakat qilamiz. Ammo, bizga bu holatdan chiqib ketish oson bo‘lmaydi, ammo biz Turinda bor kuchimizni berib harakat qilamiz. Buning uchun bizda yana 3 hafta muddat bor. Biz tavakkal qilamiz”, - deydi italiyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, "Yuventus" - "Atletiko" bahsi 12 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!