Joshua Golovkin – Alvares jangida kimga muxlislik qilishini ma’lum qildi
Britaniyalik bokschi Entoni Joshua 16 sentyabr kuni Las-Vegasda Gennadiy Golovkin - Saul Alvares o‘rtasida bo‘ladigan yilning yirik janglaridan birida meksikalik sportchiga muxlislik qilishini ma’lum qildi.

– Umid qilamanki, Alvares g‘alaba qozonadi, – deya Joshuaning so‘zlarini keltiradi BoxingScene nashri. – Gap shundaki, Golovkin menga yoqmaydi, Saul bilan esa shunchaki ancha vaqtdan beri tanishmiz. U 27 yoshda va ko‘p narsaga erishdi. U yaqin o‘n yillikning eng yaxshi yulduzlaridan biri bo‘ladi. Bu jang juda og‘ir o‘tadi. Sababi Golovkin - kuchli bokschilardan. Ammo Alvares ham yomon emas, unga muxlislik qilaman.

Fikrlar