
Joshua tez orada Uaylderga qarshi jang borasida bir qarorga keladi
Britaniyalik bokschi Entoni Joshua amerikalik Deontey Uaylderga qarshi jang borasidagi yakuniy qarorni yaqin 10 kun ichida ma’lum qiladi. Bu haqda bokschining promouteri Eddi Xirn aytib o‘tgan.
Avvalroq super og‘ir vazn toifasining WBC kamari sohibi Uaylder WBA, WBO va IBF kamarlariga egalik qilayotgan Joshua va Xirnga titullarni birlashtiruvchi jang uchun 50 million dollarlik taklif yuborib, ushbu gonorarning kafolatlashinishi ta’kidlagan edi.
Xirn esa Joshuaning keyingi jangiga rossiyalik Aleksandr Povetkinni asosiy da’vogar deya e’tirof etmoqda, biroq yakuniy qaror tez orada qabul qilanadi.
–Joshua ayni damda Povetkin bilan jangni afzal bilmoqda. Bundan tashqari ro‘yxatda Jarell Miller ham bor. Uaylder esa uchinchi nomzod. Joshua 10 kun ichida bir qarorga keladi va raqib e’lon qiladi. Entoni aqlli inson. Yakuniy qarorlarni har doim u qabul qiladi, – deya Xirnning so‘zlarini keltiradi boxingnews24 nashri.
Fikrlar