
Joze Mourino: "Chelsi"ni aqlli insonlar boshqarishadi
"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Joze Mourino "Chelsi"dagi sobiq shogirdi Eden Azarni “Old Trafford”da ko‘rishni xohlashini aytdi.
“Azarning eng yaxshi mavsumlari haqida tarix guvohlik beradi. Uning eng yaxshi o‘yinlari mening qo‘l ostimda ham, Konte qo‘l ostida ham kechdi va har ikkala safar ham “Chelsi” chempion bo‘ldi. Azar bu mavsum ham ajoyib o‘ynamoqda va “Chelsi” ham etakchilar safida bormoqda. Bu futbolchi ko‘p narsani hal qiladi. Uni yana jamoamda ko‘rishni xohlardim, ammo “Chelsi”ni aqlli insonlar boshqarishadi va uni hech qachon MYuga qo‘yib yuborishmaydi”, - deydi portugaliyalik mutaxassis.
Fikrlar