KK-2017. Rossiyadagi turnir muxlis yig‘ish bobida uchinchi bo‘ldi

  • 3 iyul, 2017, 01:13
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2017 yilgi Konfederatsiyalar Kubogi ham o‘z nihoyasiga etdi. Amaldagi jahon chempioni bo‘lgan Germaniya termasi finalida Chilini minimal hisobda mag‘lub etdi va o‘z tarixida ilk bor Konfederatsiyalar Kubogida g‘olib chiqdi.

Tecno

KK-2017. Chili – Germaniya o‘yini  rekord o‘rnatdi

Mazkur turnirda bo‘lib o‘tgan 16 ta bahsni jami 628 304 nafar tomoshabon bevositda stadiondan turib kuzatdi. Bu har o‘yinga o‘rtacha 39 269 nafar muxlis demakdir.

Umumiy hisobda esa bu yilgi turnir tarixda muxlis yig‘ish borasida uchinchi o‘rinni egalladi. 1999 yil Meksikada o‘tgan turnirni 970 000 va 2013 yil Braziliyada o‘tgan turnirda esa 804 659 nafar muxlis stadiondan turib uchrashuvlarni kuzatishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!