
Kaka: Neymarni Pele bilan tenglashtirishga hali juda erta
Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Kaka “pentakampionlar”ning hozirgi va o‘tmishdagi yulduzlari – Neymar va Peleni taqqosladi.
“Neymarni Pele bilan tenglashtirishga hali juda erta. U endigina 26 yoshda. Lekin, yaqin kelajakda u “Oltin to‘p” uchun asosiy da’vogarga aylanadi. Chunki, u tinimsiz o‘sishda davom etmoqda”, - deydi Kaka.
Fikrlar