Kalinich voz kechgan foydadan "Fiorentina" yuz o‘girmadi
"Fiorentina"da mavsum davomida 1,2 million evro mablag‘ topayotgan Nikola Kanilich unga 12 million evro maosh va’da qilgan Xitoyning "Tyantszin Tsyuantszyan" jamoasiga o‘tish taklifiga rad javobini bergan edi.
Biroq "Fiorentina" xitoyliklar o‘rtaga qo‘ygan katta mablag‘dan voz kechishni istamadi va hujumchini "Tyantszin Tsyuantszyan"ga transfer qiladigan bo‘ldi. Avvalroq Aksel Vitselni qo‘lga kiritgan klub Kalinich uchun Italiya jamoasiga 38 million evro to‘laydigan bo‘ldi.

Xorvatiyalik hujumchi joriy mavsumda A seriyada 20 ta uchrashuvda 10 ta gol urdi.

Fikrlar