«Kamp Nou»dagi drama yoxud «yangi Messilar» paydo bo‘lganda

  • 29 oktabr, 2018, 16:11
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya derbisidagi bunday yirik g‘alaba 2015-yil qishidan beri birinchi marta yirik hisob qayd etildi. Ushbu g‘alaba tufayli «Barsa» turnir jadvalida peshqadam bo‘lib oldi va eng yaqin ta’qibchisidan ikki ochko, azaliy raqibidan esa etti ochkoga ilgarilab ketdi.

Tecno

Xo‘sh, uchrashuvdan nimalar o‘rgandik?

  1. Luis Suares «El Klassiko»ning yangi qiroli

Urugvaylik hujumchi «El Klassiko»dagi ilk sahifasini to‘rt yil oldin boshlagandi. O‘shanda o‘n daqiqa ichida golli uzatmani amalga oshirgandi. Bu esa Suaresning qiladigan ishlari hali oldinda ekanligiga kerakli ko‘rsatkich bo‘lgandi. Suares hozirgacha eng yirik derbida 10 o‘yinda 9 gol urishga erishgan.

Na Krishtianu Ronaldu, na Lionel Messi Suares «Barselona»ga kelib qo‘shilganidan beri bunday statistika bilan maqtana olmaydi. Kecha «El Klassiko» to‘purarisiz (Messi) o‘ynagan kataloniyaliklar yulduz hujumchiga muhtoj edi.

Luis Suares esa bunga majbur bo‘ldi. Messining jarohatidan keyin o‘rtamiyona o‘yinini namoyish qilayotgan hujumchi Chempionlar Ligasida «Inter»ga qarshi va endi «Real»ga qarshi o‘zida kuch topa oldi. Uning ishlagan penaltisi va uzoqdan «o‘qdek» yo‘llagan zarbalariga Tibo Kurtua hech qanday chora topa olmadi.

U Kurtua darvozasiga xet-trik urib «Messining ishi»ni bajardi. Bu Suaresning super «El Klassiko»si bo‘ldi. Chunki u qo‘pol texnik xatolarga, qarorlarga yo‘l qo‘ymadi. So‘nggi zarbalarning ko‘pida u aqlli qarorlar qabul qildi.

  1. Xordi Alba – yangi Messi

Jamoaga Ernesto Valverde kelganidan keyin Alba o‘zi shundog‘am kuchli o‘yinini yanada kuchaytirdi va Neymar ketgach jamoa hujumining asosiy komponentlaridan biriga aylandi.

Messining jarohat olib safdan chiqqanidan keyin jamoani olg‘a boshlaydigan futbolchi Alba bo‘ldi. U chap qanot himoyachisi, ammo haqiqiy etakchilik xislatlarini namoyish qildi. Undagi iqtidor va temperament yaqqol ko‘zga tashlandi.

«Inter»ga qarshi ikkinchi muhim golda aynan qanot himoyachisining hujumga faol tarzda qo‘shilishi ortidan sodir bo‘ldi. Kecha «Real»ga qarshi derbida ham hujumdagi faolliklari bilan ajralib turdi. Uning sa’yi-harakatlari Koutinoning dastlabki golni urishiga olib keldi.

Suares penalti ishlab olgan vaziyat ham Albaning hujumga qo‘shilishi ortidan yuz berdi. Ikkinchi bo‘limda ham himoyani unutmagan holda hujumlarga o‘tishi kataloniyaliklarga katta foyda berdi.

  1. Mo‘jizakor Marselo

Marselo «Real» uchun so‘nggi uch o‘yindan beri gol urib kelmoqda. U ham bor yo‘g‘i chap qanot himoyachisi!

U nomigagina chap qanot himoyachisi. Aslida braziliyalik himoyachi ko‘p vaqtini hujumda o‘tkazadigan va foydali futbolchi. U madridliklarning ham pleymeykeri, ham so‘nggi nuqtani qo‘ya oladigan vakili hisoblanadi. «Barselona»ga ham u ushbu vazifasini bajarib berdi.

U Garet Beyl yoki Karim Benzemadan kuchliroq hujumchi emas albatta. Ammo undagi o‘ziga bo‘lgan ishonch barchasiga qodir. Marselo 2-0 hisobini qisqartirganida jamoasiga ishonch qaytardi. Uning hotirjam tarzda Pikeni aldab gol urishi muhim masala.

Biroq Marselo uchrashuvni ancha erta yakunladi. Uning jarohat olib maydonni tark etishi barcha umidlarni so‘ndirdi.

  1. Valverde qilgan xatolaridan xulosa chiqardi!

O‘tgan mavsumda Valverdening «qora kuni» Rimda «Roma»ga yirik 4-1 hisobida yutqazib qo‘ygani bo‘lgandi. Chempionlar Ligasining javob o‘yinida katta ustunlikka ega bo‘lganiga qaramay, u Dembeleni zaxiraga mixlab, himoyaviy taktikani tanlagandi.

Bu mavsumda ham u mana shunday xatolarni qildi. Biroq o‘sha o‘yinlarda jamoa etakchilari Messi («Tottenxem»ga qarshi) va Alba («Inter»ga qarshi) uning joniga oro kirgandi. «Real»ga qarshi esa u to‘g‘ri qarorlarni qabul qildi. Valverdening Serxi Robertoni yarim himoyaga o‘tkazishi va kerak paytda Dembeleni «jangga tashlashi» aqlli qarorlaridan bo‘ldi.

Dembele «Barsa» qiynalayotgan vaqtda jamoaga tezlik berdi, uning tezkor harakatlari hisob 3-1 bo‘lishiga olib keldi. Frantsiyalik iqtidor egasining yaap qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirishi Arturo Vidalning goli bilan yakunlandi.

Ernesto Valverde Dembelening tezligidan qurol sifatida foydalanadimi? Yoki u «Borussiya Dortmund»ning sobiq vakilini zaxirada qoldirishda davom etadimi? Agarda u Dembelega imkon bersa «Barsa» juda dahshatli kuchga aylanishi muqarrarligi o‘z isbotini topdi.

  1. «Adios, Lopetegi»!

Xulen Lopetegi uchun to‘rt oy qo‘rqinchli, vahimali oylar bo‘ldi. U Ispaniya termasini Jahon Chempionati boshlanishiga sanoqli kunlar qolganida tashlab noyabr oyi ham kirmasidan sharmandali tarzda «Real»dan ketish uchun shoshib kelganmidi?

Lopetegi yoshi o‘tayotgan tarkibga yangi qon bag‘ishlash va shu tarzda muvaffaqiyatlarga erishishni niyat qilgandi. Natijada tarkib motivatsiyani yo‘qotdi va tartibsizliklar boshlandi.

Messisiz qolgan «Barselona»ni yutishning uddasidan chiqolmadi. Bunday holat oxirgi marta Rafa Benites davrida ro‘y bergandi. U o‘shanda ko‘p o‘tmay Zidanga o‘z joyini bo‘shatib bergandi. Mana endi tanish vaziyatga Xulen Lopetegi tushib qoldi. Lopetegini jamoada ushlab qolish uchun endi hech qanday sabab qolmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!