JCh saralashi. BAA kambek amalga oshirib, O‘monni mag‘lubiyatga uchratdi
Jahon chempionati 4-bosqich saralashidan o‘rin olgan BAA - O‘mon jamoalari o‘rtasidagi bahsda mezbon jamoa 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvning 12-daqiqasida BAA himoyachisi Kuame Otonn Kuadio o‘z darvozasini ishg‘ol qilgan holda, avtogol muallifiga aylandi. Ikkinchi bo‘limning 76-daqiqasida Markus Meloni hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Oradan 5 daqiqa o‘tib esa Kayo Lukas Fernandes jamoasining ikkinchi golini kiritdi va muhim 3 ochkoni taqdim etdi.
Ma’lumot o‘rnida, Birlashgan Arab Amirligi guruhda 3 ochko bilan etakchilikni qo‘lga oldi. Umon esa 2 ta uchrashuv o‘tkazib, 1 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda. Qatar va BAA o‘rtasidagi markaziy bellashuv 14 oktyabr kuni soat 22:15’da start oladi.
- World - JCH Saralash Osiyo bosqichi
- Round 4
Birlashgan Arab Amirliklari
- Caio 83'
- Marcus Meloni 76'
11.10.2025 22:15
Ummon
- Kouame Kouadio 12'



Fikrlar