Kante "Real"ga o‘tishga qarshi emas
Londonning “Chelsi” klubi yarim himoyachisi N'Golo Kante o‘ziga qiziqish bildirayotgan "Real", PSJ va "Yuventus" o‘rtasida tanlovni amalga oshirdi.
The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 27 yoshli frantsiyalik futbolchi Parij va Turin klublarining takliflarini xatto ko‘rib ham chiqmaydi. Biroq, agar “qirollik klubi”dan taklif bo‘lsa, uni qabul qilishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Kante joriy mavsum “Chelsi” safida jami 10ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 1ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning “aristokratlar” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar