
Kantona yana MYuga qaytishi mumkin
«Manchester Yunayted» klubi sobiq forvardi Erik Kantona yana “Old Trafford”ga qaytishi va jamoada sport direktori lavozimini egallashi mumkin. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.
Mutaxassislar ushbu lavozimga aynan 52 yoshli mutaxassisni asosiy nomzod sifatida ko‘rishmoqda.
MYu rahbariyati texnik direktor lavozimiga shuningdek Pol Mitchell («RB Leyptsig»), Edvin van der Sar («Ayaks»), Ramon Monchi («Roma»), Fabio Paratichi («Yuventus») hamda Andrea Bertalarning («Atletiko») nomzodini ham ko‘rib chiqmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kantona 1992-1997 yillarda mankuanliklar sharafini himoya qilgan.
Fikrlar